Tushda bo’yin | Тушда буйин
BO‘YIN (GARDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bo‘yin omonat hamda din joyidir. Agar tushida bo‘yni yo‘g‘on bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yish, dinning sozligi va diyonatni saqlash quvvatini bildiradi. Tushida bo‘yni kalta va zaif ekanini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yish uchun zaif ekaniga dalildir. Agar tushida ilon uning bo‘yniga o‘ralib olganini ko‘rsa, mol zakotini bermasligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . . Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari (o‘z bo‘yinlariga) bo‘yinturuq qilib ilib qo‘yiladi. . . (Oli Imron surasi, 180-oyat).
Agar tushida bo‘ynida hech narsa bo‘lmagani holda bo‘ynining og‘ir ekanini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Tushida bo‘ynida narsa borligini, biroq uning og‘irligini sezmayotganini ko‘rsa, dinining sozligi va umrining uzun bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bo‘ynining yo‘g‘on va kuchli ekanini ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yishiga va ishlari mustahkam bo‘lishiga dalildir. Agar bo‘ynining uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonat uning bo‘ynida uzoq qolishiga dalildir.
Agar bo‘ynini kalta bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni bo‘ynidan tez tushirishiga dalildir. Agar tushida bo‘ynini qora ekanligini ko‘rsa, omonatga xiyonat qilishiga dalildir. Agar bo‘ynining singanini ko‘rsa, o‘z maqsadidan uzoqlashishiga va diniga nuqson yetishiga dalildir, zero dindan ko‘ra ulug‘roq omonat yo‘q. Agar bo‘ynini kalta ko‘rsa, omonatga xiyonat qilishiga dalildir. Agar buynida mo‘y ko‘rsa, omonatni joyiga qo‘yishda qarzdor bo‘lishiga dalildir. Agar bo‘ynidagi mo‘yni qirib tashlaganini ko‘rsa, karzidan qutilishiga dalildir. Agar bo‘yin go‘shtining qirqilganini ko‘rsa, o‘zida bo‘lgan birovning molini yo‘qotishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida bo‘yin go‘shtini yeganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida birovning bo‘ynida o‘tirganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha tushda bo‘ynini ko‘rish besh narsaga dalildir: omonatga; quvvatga; xiyonatga; qarzga va bemorlikka.