Tushda bo’yinbog’ | Тушда буйинбог

BO‘YINBOG‘ (TAVQ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida bo‘ynida tilla yoki kumushdan yasalgan tavq borligini ko‘rsa, uning mikdoriga muvofiq ulug‘lik topishi va bunda insofga amal qilishiga dalildir. Agar tavqni po‘latdan ekanini ko‘rsa, omonatni asramasligi va dinining buzuqligiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z bo‘ynida tavq borligini ko‘rsa, yolg‘on da’vo qilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z bo‘ynida tilla tavq borligini ko‘rsa, ulug‘lik topishiga dalildir. Agar tavq mis yoki po‘latdan bo‘lsa, birov bilan dushmanlashishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tavq olti narsaga dalildir: Hajga; ulug‘likka; xusumatga; omonatga; g‘ulomga va kanizakka.
Agar tushida o‘z otining bo‘ynida tavqni ko‘rsa, podshohdan mol va amal topishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *