Rossiyada oltin bilan qoplangan Tesla Model S 299 ming dollardan sotilmoqda (video)

Rossiyaning Caviar kompaniyasi Exchellence nomini olgan yangi hashamatli predmetlar lineykasini taqdim etdi. Undan ikkita iPhone va Tesla Model S o‘rin olgan bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi — oliy probali oltin bilan qoplanganida. Elektrokar 299 ming dollarga baholangan, smartfonlar narxi esa 5 ming dollardan boshlanadi, deb xabar beradi Motor.

Atelye matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Tesla Model S “bugungi kunda dunyodagi eng yaxshi elektrokar” eganligi sabab tanlangan. Uning asosini uch motorli modifikatsiyaga ega Plaid (1100 ot kuchi) tashkil etadi: mashina soatiga 96 kilometr tezlikka 1,9 soniyada erishadi, maksimal tezligi — 320 kilometr/soat. Model S Plaid bir marta quvvatlanish orqali 837 kilometr yo‘l bosishga qodir.

Caviar’ning Model S tiraji cheklangan: jami 99 nusxa yaratish rejalashtirilgan. Ularning har biri kapoti va orqa bamperida joylashgan oltin toj, shuningdek, orqa fonari ostidagi seriya raqami bilan (01/99) farqlanadi. Radiator panjarasi, oynalar korpusi, diskalar, bamperidagi detallar Double Electroplated texnologiyasi asosida oliy probali oltin bilan qoplangan.

Caviar kompaniyasining asosiy yo‘nalishi — smartfonlar va boshqa gajdetlarni zargarona bezashdan iborat. Firmaning mashhur mijozlari orasida Roy Jons (uning uchun Vladimir Putin barelyefi tushirilgan oltin iPhone yaratilgan), Stiven Sigal (Rossiya gerbi tushirilgan Samsung Galaxy S7), Oleg Gazmanov (“Rossiyaga xizmat qilaman” yozuvchi pogon ko‘rinishidagi korpusga ega smartfon) va boshqalar o‘rin olgan.

Avvalroq Caviar kompaniyasi qariyb 8 ming dollar turuvchi iPhone va 184 ming dollarlik iPad’ni namoyish etgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *