Rianna, Kayli Jenner va boshqa yulduzlar qanday lab bo‘yog‘idan foydalanadi? (foto)
Mashhur ayollarning go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishining siri obrazdagi detallarga alohida e’tibor berish va tanlov qilishida.
Kim Kardashyan
Kardashyan makiyaj qilganida ko‘z va lablariga urg‘u berishni afzal biladi. Model MAC Angel pomadasidan foydalanib, go‘zalligiga urg‘u beradi.
Kayli Jenner
Kayli Jennerning obrazidan ilhomlangan minglab ayol va qizlar do‘konlardan pushti tusli jigarrang lab bo‘yoqlar xarid qila boshlagan. Jenner MAC’ning Brave va Velvet Teddy pomadalaridan foydalanishni ma’qul biladi.
Rozi Xantington-Uaytli, Mayli Sayrus
Qizil lab bo‘yog‘ini yuz rangiga mos tushadiganini tanlash kerak. Bu borada Rozi va Mayli singari MAC kosmetik brendining Lady Danger variantidan ilhomlansangiz bo‘ladi.
Kendall Jenner
Kendal esa tanlov borasida Estee Lauder’ning yorqin qizil rangli Restless’ini afzal bilgan. Mazkur bo‘yoq bilan u hamisha o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Rita Ora, Adriana Lima, Dita fon Tiz
Ko‘zga tashlanmaydigan qizil pomadani yaxshi ko‘radiganlar esa yulduzlar Rita Ora,
Adriana Lima, Dita fon Tiz singari MAC’dan Ruby Woo’ga e’tibor qaratishi mumkin.
Madonna
Madonna obrazi uchun MAC’ning Russian Red lab bo‘yog‘ini tanlaganidan keyin mazkur lab bo‘yog‘i bestsellerga aylangan.
Teylor Svift
Teylor Svift esa qizil yo‘laklarda boshqalardan ajralib turish uchun NARS’ning Dragon Girl modeliga e’tibor beradi.
Rianna
Rianna esa MAC’ning pushti Candy yum-yum lab bo‘yog‘ini surtishni yaxshi ko‘radi. Mazkur rang uning husniga husn qo‘shadi.
Emma Uotson
Emma alohida tadbir va ziyofatlar uchun Chanel’ning Exaltee lab bo‘yog‘ini surtishni xush ko‘radi.
Lord
Xonanda Lord esa MAC’ning Pure Heroine pomadasi bilan noodatiy va jozibali ko‘rinadi.
Emma Stoun
Dilbar va latofatli ko‘rinishni istaganlar esa Emma singari Revlon’dan shaftoli rang Tulip’ni tanlashi mumkin.
Manba: Daryo.uz