Chinozda Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urildi

Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2-may kuni soat 13:15 larda Chinoz tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida yuz bergan. Damas’ni boshqarib ketayotgan 40 yoshli haydovchi R.A. yo‘lning o‘ng tomonida, yo‘l yoqasida to‘xtab turgan Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektoriga biriktirilgan, tezlikni o‘lchovchi moslamalar bilan jihozlangan Nexia-3’ning orqa tomoniga borib urilgan.

Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida raqamlarini berkitib drift-shou uyushtirgan haydovchilar jazolangani haqida xabar berilgan edi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *