Tushda yomg’ir | Тушда ёмгир

YOMG‘IR (BORON) — Doniyol (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yomg‘ir Xudoyi ta’olo tomonidan bandalariga yetuvchi rahmat va barakatga dalolat qiladi, bordi-yu, yomg‘ir umumiy bo‘lsa va barcha joyga yog‘sa. Alloh ta’olo aytadi: U (odamlar) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg‘ir yog‘diradigan va O‘z rahmat (barakot)ini keng yoyadigan zotdir. . . (Sho‘ro surasi, 28-oyat). Yomg‘irni o‘z vaqtida, odamlar yomg‘ir kutayotgan paytda yoqqanini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi. Ammo yomg‘ir bir joyga xos bo‘lsa, chunonchi, bir ko‘chaga qattiq yog‘sa, boshqa joylarga yog‘masa, o‘sha joy odamlariga ranju bemorlik va og‘irlik yetishiga dalildir. Yomg‘irni ohista yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha mavze ahliga xayru manfaat yetishiga dalil bo‘ladi. Yilning avvali yoki oyning avvalida yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha yili yoki o‘sha oyda farovonlik va ne’mat ziyoda bo‘lishiga dalolat qiladi. Yomg‘irning loyqa va qattiq ekanini ko‘rsa, bemorlikdan halok bo‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Yomg‘irning qattiq yog‘ayotganini, biroq o‘z vaqtida emasligini ko‘rsa, o‘sha kunlarda lashkardan ranju balo yetadi.
Yomg‘ir boshiga yog‘ayotganini ko‘rsa, safarga borishi va ko‘p foydalar olib qaytishiga dalildir. Yomg‘ir odamlar boshiga xuddi to‘fon kabi yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda nauvzubillah, fojeaviy o‘limlar yuz berishiga dalolat qiladi. Yomg‘irning har tomchisidan ovoz kelayotganini ko‘rsa, uning izzat va obro‘si ziyoda bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Yomg‘ir o‘rniga asal yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda boylik va ne’mat farovon bo‘ladi. Yomg‘ir suvidan ichayotganini ko‘rsa, suv toza va sof bo‘lsa, suv mikdoriga qarab, sozlik va rohat topadi. Loyqa va noxush bo‘lsa, shunga yarasha ranj va bemorlik tortadi.
Sodiq (r.a.)ning marhamat qilishlaricha, tushda yomg‘ir ko‘rish o‘n ikki narsaga belgi bo‘ladi: rahmatga; barakatga; dodiga yetishni tilashga; ranju bemorlikka; baloga; jangu jadalga; qon to‘kishga; fitnaga; ochlikka; omonlik topishga; kofirlikka va yolg‘onga.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *