Qirollik oilasining bolalari rioya qilishi kerak bo‘lgan g‘ayrioddiy 12 ta qoida
Britaniya qirollik oilasi yangi mehmon kelishini kutayotgan bo‘lsa-da, tug‘ilajak farzandning hayotiy qoidalari allaqachon belgilab qo‘yilgan..
Ko‘p ism va hech qanday taxallus
Buyuk Britaniyaning qirollik oilasida har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqqa uch yoki to‘rtta ism berish odat tusiga kirgan. Ular sobiq monarx yoki yaqin qarindoshlarning ismi ham bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ularga familiyaning umuman keragi yo‘q. XX asrning boshlariga qadar ham ularda familiya bo‘lmagan. Hozirda esa familiya bolalarda faqat maktab yoshiga yetgandagina kerak bo‘lishi mumkin. Ammo taxalluslar garchi yoqimli yoki oilaviy bo‘lmasin, jamoat oldida bu ularning maqomiga to‘g‘ri kelmaydi.
Hech qanday selfilarsiz
Ijtimoiy tarmoqlarda shahzodalar va malikalarga nafaqat taxallus qo‘yish taqiqlangan, balki ularga selfiga surat tushish ham qat’iyan man etilgan. Shuning uchun har qanday inson qirollik oila a’zosi bilan uchrashib, selfiga suratga tushishni istayotgan bo‘lsa, aslo buning uddasidan chiqa olmaydi.
Shaxsiy qo‘riqchisiz bir qadam ham bosilmaydi
Ushbu qoidani tushunish juda oson. Qirollik bolalari hech qanday holatda ham kattalar va qo‘riqchilardan qutula olmaydi. Ular yashirincha biror joyga borishi mumkin emas. Ehtimol, o‘tish davrida har kuni 24 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lgan bolalar uchun bu biroz qiyin bo‘lishi hamda yoqmasligi ham mumkin.
Bolalarning doimiy dress-kodi
Masalan, malika Sharlottani ko‘plab kichkina qizlar singari etagi keng bo‘lgan pushti rang malikalar ko‘ylagida ko‘rib bo‘lmaydi. Unga hamisha klassik uslubdagi liboslar kiydiriladi. Shuningdek, shahzoda Jorj ham har qanday ob-havoda sakkiz yoshiga qadar qisqartirilgan shim kiyishi lozim. Kattalarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi kiyimlar bolalarning harakatlanishiga umuman to‘sqinlik qilmaydi. Bundan tashqari, qirollik chaqaloqlari uchun hech qachon bir martalik tagliklar ham ishlatilmagan. Bu an’anani birinchi bo‘lib malika Diana o‘zgartirgan.
Toj kiyilmaydi
Eng qizig‘i shundaki, malika Sharlotta ramzga ko‘ra sochini turmaklatish uchun o‘z nikoh marosimini kutishi kerak. Gap shundaki, qirollik oilasining ayollariga faqatgina turmushga chiqqan bo‘lsagina toj kiyishga ruxsat beriladi. Turmushga chiqmagan qizlar esa bunday imtiyozga ega emas.
Tushlikni qirolicha yakunlaydi
Bu ham qirollik saroyining qat’iy urf-odatlaridan biri bo‘lib, agar qirolicha sanchqi va pichog‘ini tashlab qo‘ygan bo‘lsa, hech kim ovqatlanishni davom ettirishga haqli emas. Kichkina shahzoda va malika uchun ushbu injiqliklar tezda o‘tib ketmasa, ularning och qolishi turgan gap.
Sovg‘aning yomoni bo‘lmaydi
Qirollik oilasi a’zolari nafaqat Angliyada, balki dunyo bo‘ylab taniqli odamlardir. Shuning uchun ham tug‘ilgan shahzoda va malikalar uchun yuzlab sovg‘alar yuboriladi. Ularning har biri esa quvonch va tabassum bilan qabul qilinishi kerak. Bolalar bunday xushmuomalalikni kichikligidanoq o‘rganishi kerak. Hattoki sovg‘alar umuman yoqimli bo‘lmasa ham.
Qancha ko‘p tilni bilsa, shuncha yaxshi
Kelajakda har bir shahzoda va malika dunyo bo‘ylab sayohat qilishi va turli mamlakatlarda mezbonlar bilan suhbatlasha olishi kerak. Qirollik oilasi maqomi shuni talab etadi. Ko‘pchilik esa har qanday qit’ada muomala qilish uchun ingliz tilining o‘zi kifoya, deb bilishi mumkin. Ammo Jorj va Sharlotta allaqachon ispan tilini o‘rganishni boshlagan.
Sayohatga yolg‘iz chiqilmaydi
Qirollik bolalari ota-onasi bilan birga sayohatga chiqishi mumkin emas. Ushbu qoida qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, taxtning ikki merosxo‘ri uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham birgalikda safarga chiqish taqiqlangan va shahzodalar 12 yoshga to‘lganida ushbu qat’iy taqiq to‘liq kuchga kiradi. Hech qanday holatda taxt bo‘sh qolmasligi kerak.
Etiket birinchi o‘rinda
Qirollik bolalariga ko‘p til o‘rganish talabi qo‘yilsa-da, ular ingliz tilida to‘liq, ravon va mukammal darajada gapirishi kerak. Hattoki bolalarning nutqida kamchilik ham bo‘lmasligi zarur. Bu shuningdek, odob-axloq qoidalariga ham tegishli. Ular doim tik turishi yoki o‘tirishi kerak, hech qachon baqirishi yoki injiqlik qilishi mumkin emas. Bundan tashqari yugurishi, aylanishi stolga suyanmasligi va barmoqlarini og‘ziga solmasligi zarur. Xullas, chinakam shahzoda yoki malika bo‘lishi uchun kattagina sabr kerak.
Siyosiy partiyalarga betaraflik
Ijtimoiy nizolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qirollik oilasi a’zolari har qanday siyosiy partiyaga nisbatan betaraf bo‘lishi o‘ta muhim. O‘z vaqtida shahzodalarga siyosiy hayot asoslari batafsil tushuntiriladi. Ammo ular hech qanday guruhlar safiga qo‘shilmaydi.
“Monopoliya” o‘yiniga taqiq
Ushbu maxsus stol o‘yini nima uchun qirollik oilasi tomonidan unchalik ham yoqtirilmaganligi tushunarsiz. Ammo bu shundayligicha davom etmoqda. Kichkina shahzoda va malikalar hech qachon do‘stlari bilan monopoliya o‘ynamaydi. Ehtimol, ularning talablarga boy hayoti shundog‘am qoidalarga yetarli.