Judith Leiber “Yulduzlar jangi” filmidagi robot ko‘rinishida toshlar bilan qoplangan sumka taqdim qildi
Judith Leiber Couture brendi “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 droid (to‘qima robot qahramon) ko‘rinishidagi mini-sumkalar modelini ishlab chiqardi.
Kolleksiya muxlislar nishonlaydigan 4-may “Yulduzlar jangi” kuni uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sumkalar ikki xil variantda: R2-D2 singari oq-ko‘k va tilla rangda taqdim qilingan. Har biri toshlar bilan qoplangan droidning bittasi uchun 9000 dona kristall ketgan, tillarang model esa 24 qirot oltin bilan qoplangan.
Brendning kreativ direktori Yana Metison, R2-D2 qahramonini hamisha yaxshi ko‘rgani, kolleksiyadagi sumkalar R2-D2 singari muayyan vaqtga xos emasligi, serhasham va o‘ziga maftun qilishini ta’kidlagan.
4-mayda sotuvga chiqishi kutilayotgan 5495 dollarlik sumkalarni Judith Leiber’ning saytidan xarid qilish mumkin deyiladi, xabarda.
Manba: Daryo.uz