Sovun yordam berishi mumkin bo‘lgan 20 vaziyat

Sovundan faqat yuvinishda foydalanish mumkin, deb o‘ylaydiganlar fikri ushbu maqoladan keyin o‘zgarishi aniq.

  • Yurmay qolgani zamokni ishga ishlatish uchun sovunning kichik bo‘lagi yordam beradi.
  • Polizda ishlashdan avval orasiga loy kirib qolmasligi uchun tirnoqlarga sovun surting.
  • Tikish yoki bichishdan avval sovun bilan chizib belgilab olish mumkin.

  • O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashish uchun sovun yaxshi samara beradi. Qirg‘ichdan chiqarilgan sovun aralashtirilgan suvni barglarning pastki qismiga seping.
  • Ninalarni qadab qo‘yish uchun ham sovundan foydalanish mumkin.
  • Harorat sabab ko‘zoynak va ko‘zgu kamroq namlanishi uchun ularni sovunli aralashmada arting.

  • Xuddi zamokdagi bo‘lgani singari yog‘och quti yaxshi ochilishi uchun ham sovun surtgan yaxshi.
  • Yog‘och polning g‘irchillab qolgan ovozini bartaraf etishda sovunli suv yaxshi samara beradi.
  • Mix va shnurlarni sug‘urish va kirgizish oson bo‘lishi uchun sovun surish yaxshi samara beradi.

  • Mebelga sovun surtib qo‘yilsa, uydagi it mushuklar qayta tirnamasligiga sabab bo‘ladi.
  • Poyabzaldagi hidni bartaraf qilish uchun tunda ichiga bir bo‘lak sovun solib qo‘yish kifoya.
  • Kalitga biroz sovun surtilsa, qulfni ochish oson bo‘ladi.
  • Kiyimlardan yaxshi hid kelib turishi uchun orasiga sovun qo‘yib qo‘ying.
  • Chivin chaqqanidan keyingi qichishni bartaraf qilish uchun ham sovun yaxshi samara beradi.
  • Sovunli aralashma devordan eski gulqog‘ozlarni oson ko‘chirish imkonini beradi. Buning uchun sovunli suv sepish kifoya.

  • Cho‘yan qozon olovda qorayib ketmasligi uchun unga sovun surtib qo‘yish kerak.
  • Qon va o‘simlik dog‘larini bartaraf etish uchun ham sovundan yaxshisi yo‘q.
  • Bolalar basseynini sovunli suv bilan arting. Pufaklar paydo bo‘lishi o‘sha joy teshilganini bildiradi.

  • Devordagi mixlardan qolgan izni ketkazish uchun xuddi shu devor rangidagi sovun surtish lozim.
  • Eshikning g‘irchillagan ovozini bartaraf qilish uchun ham sovundan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun sovun bo‘lagi surtishning o‘zi kifoya.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *