Tushda jannat | Тушда жаннат
JANNAT (BIHISHT) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida Jannatni ko‘rmoq shodu xurramlikka dalildir va Alloh ta’olodan mujda (xushxabar) bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: U (yer)ga sog‘-salomat, tinch-omon kiringlar (deyilur) (Hijr surasi, 46-oyat). Jannat mevalaridan olganini yoki kimdir unga berganini va mevalardan yeganini ko‘rsa, yegani mikdoriga muvofiq ilm o‘rganishiga va dinni chuqur anglashiga dalildir, biroq foydasi bo‘lmaydi. Agar Jannat hurlari bilan birga bo‘lganini ko‘rsa, uni jon berishi oson bo‘lishiga dalildir. Agar Jannatda muqim bo‘lib qolmoqchi bo‘lganini, lekin unga ruxsat bermaganliklarini ko‘rsa, dunyoda uning mayli fasod va isyon ishlarga moyil bo‘lishiga dalildir. Agar Jannat eshigini uning uchun yopib qo‘yganlarini ko‘rsa, ota-onasi undan xafa ekanliklariga dalildir. Agar Jannatga yaqinlashib, yana orqasiga qaytganini ko‘rsa, o‘lim holatiga tushuvchi kasal bo‘lishiga, lekin shifo topishiga dalildir. Agar farishtalar uni Jannatga olib borish uchun qo‘llaridan tutsalar va Tubiy daraxtining ostiga o‘tirganini ko‘rsa, ikki dunyo murod-maqsadiga yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Imon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat (jannat) bordir (Ra’d surasi, 29-oyat). Agar uni sut va sharbatlar ichishdan man qilgan bo‘lsalar, dinida nuqson paydo bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . .Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, unga Alloh jannatni harom qilur va borar joyi do‘zaxdir. . . (Moida surasi, 72-oyat).
Agar kimdir unga Jannat mevalaridan berganini ko‘rsa, o‘sha kishi tufayli ilmdan bahramand bo‘lishiga dalildir. Agar Jannatga o‘t yoqib yuborganini ko‘rsa, biror kishining bog‘idan harom yeyishiga dalildir. Agar Kavsar hovuzidan suv ichganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalil bo‘ladi. Agar Jannat ko‘shklaridan biri unga berilganini ko‘rsa, bir dilorom ayolga yoki kanizakka uylanishiga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar Jannat farishtasi undan shod va xurram ekanini ko‘rsa, biror kimsadan shodu xurramlik va ne’mat topadi. Alloh ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: . . .Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluv-chi bo‘lgan hollaringizda kiringiz, deganlarida(ular behad shodlanurlar). . . (Zumar surasi, 73-oyat).
Agar Jannatga o‘xshagan chiroyli bir baland joyda turganini ko‘rsa va bu yerni Jannat ekan deb hayol qilayotgan bo‘lsa, bir odil podshoh bilan yoki biror boy kishi bilan yoxud bir ulug‘vor kishi bilan aloqa bog‘lashini bildiradi. Agar Jannat tomon ketayotganini ko‘rsa, X,aq yo‘liga kirishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda Jannatni ko‘rmoq to‘qqiz narsani bildiradi: ilmni; taqvoni; minnatni; shodlikni; bashoratni; omonlikni; xayru barakatni; ne’matni va saodatni.
Agar tushida Jannatda yurganini ko‘rsa, ikki dunyo maqsadlariga yetganiga va qo‘liga ko‘p yaxshiliklar tushishiga dalildir.
Biroq bu tushni solih odam ko‘rsa, kasallik yoki biror baloga mubtalo bo‘lishini bildiradi, bundan esa Bihisht ahlining savobini topadi hamda olim bo‘ladi, xalq esa uning ilmidan manfaat topadi.
Пример HTML-страницы