Apple 2021-yilning ikkinchi choragida rekord darajada foyda ko‘rganini ma’lum qildi
Apple kompaniyasi 2021-yilning ikkinchi moliyaviy choragiga oid hisobotini e’lon qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
O‘tgan davr mobaynida kompaniya 89,6 milliard dollar daromad ko‘rgan — bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 54 foizga ko‘p demak. Shuningdek, sof foyda qariyb ikki barobarga oshgan — 23,6 milliard dollar (o‘tgan yili 11,2 milliard dollar).
Savdolar Apple’ning barcha yo‘nalishlarida oshgan. Eslatib o‘tamiz, kompaniya qancha qurilmasi sotilganini emas, balki daromad va foydasini e’lon qilib keladi.
Apple’ning daromadi yo‘nalishlar bo‘yicha:
- iPhone — 47,9 milliard dollar (2020-yilning mos choragiga nisbatan +65 foiz);
- Mac — 9,1 milliard dollar (+70 foiz);
- iPad — 7,8 milliard dollar (+79 foiz);
- Naushnik va aksessuarlar — 7,8 milliard dollar (+24 foiz);
- Servislar — 16,9 milliard dollar (+26 foiz).
Shuningdek, Tim Kukning ma’lum qilishicha, yangi lineykada bazaviy iPhone 12 eng ommabop smartfonga aylangan, biroq 12 Pro va 12 Pro Max ham butun savdolarda katta ulushga egalik qilgan. Shu bilan birga, eng kichkina va eng arzon iPhone 12 mini kutilmalarni oqlamagan.
Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 12 “o‘lmaydigan” smartfon sifatida ko‘rsatilgan navbatdagi rolik bilan bo‘lishgandi.
Источник: Daryo.uz