AQSh Shimoliy Koreya bilan diplomatiyaga tayyorligini ma’lum qildi

AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosati dushmanlikka qaratilmagan. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivanga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Avvalroq KXDR Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Jo Baydenning so‘zlarini tanqid qilib, Vashington dushmanlik siyosatini olib borayotgani haqida bayonot bergan edi. Bungacha Jo Bayden Kongressdagi nutqi chog‘ida AQSh KXDR va Eronning yadro dasturlari tahdidlariga qarshi turish uchun ittifoqchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishini aytgan.

Jeyk Sallivan ABC telekanaliga bergan intervyusida AQSh Koreya yarim orolini yadrosizlantirish uchun KXDR bilan diplomatik hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Bizning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosatimiz dushmanlik emas, balki yechimlarni topishga qaratilgan. Bu Koreya yarim orolining to‘liq yadrosizlanishiga erishishni anglatadi. Biz ushbu yakuniy maqsadga erishish uchun diplomatiyaga tayyormiz, ammo oldinga siljishimizga yordam beradigan amaliy choralar ustida ham ishlayapmiz ”, — dedi Sallivan.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidentining “ilk siyosiy nutqida KXDRga nisbatan o‘z pozitsiyasini aynan shu tarzda bayon qilganini nomaqbul” deb hisobladi. Pxenyan “tegishli choralarni ko‘rishga” va’da berib, vaqt o‘tib Vashington “juda qiyin ahvolga tushib qolishi” bilan tahdid qildi.

“Endilikda AQShning KXDRga nisbatan yangi siyosati bosh g‘oyasi ayon bo‘lgani sababli, biz tegishli choralarni ko‘rishga majbur bo‘lamiz va vaqt o‘tishi bilan Qo‘shma Shtatlar juda og‘ir ahvolga tushib qoladi”, — dedi KXDR tashqi ishlar vazirligi vakili bayonotida. Uning fikriga ko‘ra, AQSh prezidentining so‘zlari Oq uyning “dushmanlik siyosatini davom ettirish” g‘oyasidan dalolat beradi.

Kongressdagi nutqi davomida Bayden KXDR va Eronning yadroviy dasturlari tahdidlariga qarshi kurashishda ittifoqchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish niyatini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “diplomatiya va kuchli nazorat” usullarini qo‘llaydi. Oq uy vakili Jen Psakining ta’kidlashicha, AQSh Shimoliy Koreya bilan “strategik sabr” g‘oyasidan voz kechadi va ushbu mamlakat bilan yirik bitim tuzmaydi.

Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati Vashington Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha AQShning yangi ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatmasligini aytgan edi. Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muloqot “bir stolda teng huquqli o‘tirib, fikr almashish” muhitini talab qiladi.

Bungacha Oq uy fevral o‘rtalaridan buyon bir nechta diplomatik kanallar, shu jumladan, Nyu-Yorkdagi kanallar orqali Pxenyan bilan bog‘lanishga urinib kelgani, ammo Shimoliy Koreya rahbariyati bu urinishlarni e’tiborsiz qoldirganini aytgan.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *