Bahor mavsumida kiyish tavsiya etilmaydigan, urfdan qolgan kiyimlar (foto)
Ba’zan nimani xarid qilish kerakligi haqida o‘ylagandan ko‘ra, qanday kiyimlarga ehtiyoj yo‘qligini bilib qo‘yish foydaliroq bo‘ladi. Ushbu bahor-yoz mavsumida kerak bo‘lmaydigan ro‘yxat bilan tanishib chiqing.
Albatta, charm libos kiyishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki mazkur matoga mos ob-havo doim ham bo‘lavermaydi. Iliq kunlar uchun juda issiq va salqin havo uchun sovuqlik qilishi mumkin. Shuning uchun iliq mavsumda jinsi shimlar kiyish tavsiya etiladi.
Ushbu bichimdagi jinsi kostyumlar yillar davomida ayollarning sevimli libosiga aylangan edi. Ammo dizaynerlar hozircha ularni qora ro‘yxatga kiritgan. Ayni damda bu kabi kostyumlarning keng va biroz kaltaroq ko‘rinishdagilari urfda.
Bir kuni mazkur bichimdagi shimlar yana modaga qaytishi shubhasiz. Ammo hozirgi mavsum uchun keng va klyosh shimlar kiyish tavsiya etiladi. Qachonlardir urfda bo‘lgan tor shimlarni esa garderobning eng tepasiga joylashtirish mumkin.
Katta o‘lchamdagi futbolkalar ham qanchalar qulay bo‘lmasin, ammo urfdan qolib bormoqda. Ularning o‘rnini yana avvalgidek oddiy o‘lchamdagilari egalladi. Bu kabi futbolkalar endilikda atrofdagilarning e’tiborni darrov o‘ziga tortadi.
Shunchaki sayr, plyaj yoki ofis bo‘lsin, to‘qilgan uzun kardigan kiyish tavsiya etilmaydi. Balki, u qulay va chiroyli ko‘rinar, ammo yoshga ham qomatga ham ortiqcha raqamlar qo‘shishi tabiiy. Yaxshisi, yengil pidjak, kostyum va boshqa zamonaviy ustki kiyimlarga murojaat qilish mumkin.
Moda yillar o‘tib qaytib kelishini inobatga olgan holda o‘ta katta va shaklsiz sumkalarni ham bir chetga olib qo‘yish tavsiya etiladi. Garchi ular qulay bo‘lsa ham. Do‘konlarda yangi dizayndagi ixcham sumkalarga murojaat qilish vaqti keldi.
Durli soch to‘g‘nog‘ichlari ham urfdan qolganiga ancha bo‘ldi. Ammo toshli va boshqa bezaklilaridan ayol va qizlar unumli foydalanib kelmoqda. Yozning issiq kunlarida ular yordamida sochlarni ajoyib turmaklash mumkin.
Manba: Daryo.uz