Baliq burji haqida malumot

Baliq (20 fevral — 20 mart)

Baliq burji xarakteri va bir birlariga mosligi haqida malumot – bu insonlarni katta ishlarda deyarli uchratish mushkul. Biroq baliq burji orasidan, ijodkor va badiy insonlar ko’plab yetishib chiqadi. Ularning yana bir hususiyatlaridan biri, rahbarlikka ega chiqishni hohlamaydilar. Mol dunyo ular uchun unchalik qiziq emas.
Biroq ular pul topish borasida juda usta, bazi baliq burji vakillari, boyligini meros tariqasida qo’lga kiritishgan. Shuni aytish mumkinki, boshqalardan farqli o’laroq, ular ham pulga unchalik qarshi emas, taklif bo’lsa bas rad etmasdan qabul qilishadi. Lekin baliqlar pul vaqtincha kerak bo’ladigan narsa ekanini boshqa insonlarga qaraganda yaxshi bilishadi.

Baliq burjidagi insonlar millioner bo’lishga unchaik ham qiziqmaydi, faqat millionerlardek yashasalar bas. Bu ularning falsafiy shiori desak ham yanglishmagan bo’lamiz. Baliq burji olamni boricha ko’rishga intiladi. Ular inson zotida yoqimsiz odatlar ko’pligini yaxshi bilishadi, shunga qaramasdan ular o’zlari yoqtirgandek yashashni maqul ko’radilar.

Lekin shunisi malumki, baliqlarning hayotida ham taqdir zarbalari mavjud, va ular ham bu to’sqinlikka boshqalar kabi uchrab turadilar. Bu paytda baliqlar hafdan halos bo’lish o’rniga, o’zlarinig bohonalari ortiga yashirinib olishi ham hech gap emas. Biroq shunisi aniqki o’zlari hohlashsa bu muammoni yechish uchun ularning talantlari yetarli.

Baliq burji: erkaklar xarakteri haqida

Baliq burjiga mansub erkaklar o’zlarinig oldilariga qo’ygan aniq bir maqsadi bo’lsa, ularni boylik va obro’etibor kutadi. Bu burjdagi erkaklarning qatiyasizlari bilan esa biroz qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Baliqlar qatiyatli bo’lishga o’rganishlari shart, va bu yo’lda o’z orzularini bir chetga surib dadil qadam tashlashi kerakligi juda muhim hisoblanadi. Bu bilan baliqlarni ojiz kishi demoqchi emasmiz, faqat ular qaysi paytda qanday qarorga kelishi kerakligini anglashmaydi.

Baliq burjidagi barcha erkaklar ham hayolparast sanalmaydi. Biroq ularning aksariyati orzuga berilishni yaxshi ko’radi. Lekin bu ham yaxshi odatlardan biri hisoblanadi, chunki ongli jon borki umid bilan yashaydi. Garchi dunyoda orzularsiz yashab bo’lmasada, bu ishlarni bir chetga qo’yib hayot turmush tarzi uchun daromad topish zarur.

Deyarli barcha baliq burjidagi erkaklar romantik bo’lishadi. Lekin shuni yodda saqlash kerak, romantika bilan qorin to’yg’azib bo’lmaydi. Baliqlardan istedodli rassom va yozuvchilar yetishib chiqadi.

Baliq burji: ayollar xarakteri haqida

Baliq burjiga mansub ayollar go’zallik bobida tengi yo’qdir. Shunga qaramasdan bu Burjlar orasida ham salbiy harakterga ega insonlar yo’q emas. Biroq, erkaklarni balqi burjidagi ayollar latofati o’ziga rom aylashi turgan gap.

Bunaqangi ayollar sevgi tuyg’usuni barchada uyg’ota olish hususiyatiga ega. Bundan tashqari baliqlar erkak kishi ustidan hukm o’tkazishga harakat qilmaydi, balkim aksincha bosiqlik bilan o’z juftiga hurmat ehtirom ko’rsatadi.

Baliq burji bo’lmish ayollar, mag’rur erkak kishilar uchun og’ir bosiq hisoblanadi. Ular orasidan ajoyib umr yo’ldosh topish mumkin. Baliqlarning yana bir hususiyatlaridan biri, erkak kishini o’zlariga asal yig’ish uchun kelgan asalaridek jalb qila oladi.

Bunaqangi ayollar bilan oz fursat bo’lsa ham suhbatlashsangiz o’zingizni anchayin tetik va Bahtiyor his etasiz. Ular o’z juftini deyarli ayblamaydilar, aksincha dadil qadam tashlashga undaydi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

комментария 2

  1. Sadoqat:

    Yaxshi ma’lumot,rahmat.Lekin to’liq emas,burjlar 12ta emasmidi.Qo’y burji haqida ma’lumot yo’q ekan😔

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *