Iftorlikka lavash xamiri va ko‘katlardan betakror ta’mga ega kutab yeguligini tayyorlaymiz
Kam mahsulotlardan ham mazali taom tayyorlash mumkin. Ozarbayjoncha kutab yeguligining retsepti bilan bo‘lishamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- lavash xamiri — 1 dona;
- tuxum — 2 dona;
- pishloq — 100 gr;
- ko‘katlar;
- tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qaynatilgan tuxum va pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
- Maydalangan ko‘katlar qo‘shing.
- Tuz va murch seping.
- Lavash xamirini dumaloq shaklda kesib oling.
- Xamirning o‘rtasiga nachinka soling, chetlarini suv bilan namlab birlashtiring.
- Yog‘ solinmagan quruq tovada 5 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz