“Inter” 11 yil deganda Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi
Milanning “Inter” klubi Italiya A Seriyasi 2020/21-yilgi mavsumi chempioniga aylandi.
“Atalanta” 34-tur doirasidagi o‘yinda “Sassuolo” bilan durang o‘ynagach (1:1), chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni yo‘qotdi.
Shu tariqa Antonio Konte jamoasi musobaqa tugashiga to‘rt tur qolganda chempionlik masalasini hal qildi.
Ayni vaqtda “Inter”da 82 ochko bor. “Atalanta” va “Milan” esa 69 tadan ochkoga ega.
“Inter” 2009/10-yilgi mavsumdan keyin ilk bor A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu jamoa uchun 19-skudetto bo‘ldi.
Manba: Daryo.uz