Ispaniyada nabira buvisi Telegram’dan foydalanishi uchun maxsus konsol yaratdi

Ispaniyada Manuel Lusio Dallo ismli muhandis 96 yoshli buvisi Telegram’dan foydalanishi uchun maxsus gadjet yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Keksa ayol dasturdan foydalana olmagan va shu sababli nabiralari bilan gaplashish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Bu esa, ayniqsa, lokdaun vaqtida juda sezilgan.

Shunda kampirning nabiralaridan biri buvisi foydalanishi uchun osonroq bo‘ladigan yengil qurilmani yaratgan. Dallo o‘z qurilmasini Yayagram deb atagan bo‘lib, u mikrofonga ega katta konsol hisoblanadi. Xabar yuborish uchun simni foydalanuvchining ismi yozilgan razyomga tiqish, tugmani bosib turib, kerakli xabarni gapirish kerak. Shu orqali xabar messenjerga oddiy ovozli xabar sifatida boradi.

Messeyj qabul qilingach, Yayagram operatori tomonidan u printerda chop etiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur gadjet Raspberry Pi 4 chipi asosida yaratilgan. Shuningdek, Python va kutubxona dasturlaridan foydalanadi.

Avvalroq xitoylik muhandislar ryukzak ko‘tarib yurishni osonlashtiradigan qurilma ixtiro qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *