Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da jarima zarbasini 70 marta ijro etib, bitta gol urdi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar safida jarima zarbalaridan unumli foydalana ololmaslikda davom etmoqda.

Portugaliyalik futbolchi A Seriya 34-turi doirasida “Udineze”ga qarshi kechgan 2-may kungi o‘yinda (2:1) dubl qayd etdi. Ronaldu ushbu uchrashuvda jarima zarbasini ijro etdi, biroq uning zarbasi jonli devorga tegdi.

36 yoshli futbolchi “Yuventus” safida 70 marta jarima zarbasini ijro etdi va ularning bittasi golga aylandi. Bu zarbalarning 47 tasi (67 foizi) jonli devorga tegib qaytdi.

“Udineze”—“Yuventus” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 30 uchrashuv o‘tkazib, 27 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *