Parizod burji haqida malumot

Parizod (23 avgust — 23 sentyabr)

Parizod burji xarakteri va bir birlariga mosligi haqida malumot – o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga mashaqqat bilan erishishdan cho’chimaydigan Parizod burji vakillari aslida muloqotga hadeb kirishib ketavermaydigan, kamgap odamlardir.

Kam gapirsalarda nasihat qilishni juda yaxshi ko’radilar. Ularga nisbatan aslida mavjud bo’lmagan adolasizlikdan mudom aziyat chekib yashaydilar. Shu bois Parizod burjidagilarning hatti harakatlarida doimo odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik sezilib turadi.

Tabiatan juda qaysar felli, o’z bilganidan qolmaydigan, izzattalab, o’ziga qattiq ishonadigan mazkur burj vakillari biror bir ishni qatiylik bilan boshlab ohiriga yetkaza oladilar ham. Ular juda o’z kuchiga ishonuvchan bo’lib, har qanday sharoitda ham yuqori ko’rsatkichga erishishga intiladilar va bu ishini boshqalarning yordamisiz, yolg’iz o’zlari bajarishni maqul deb biladilar.

Tez tez effekt holatlariga tushib turadigan Parizod burji vakillarining hulq atvoridagi haqiqatgo’ylik – ranjish, tez hafa bo’lish, gumonsirash, rashk kabi turli hislatlar birgalikda namoyon bo’ladi. Ular effekt holatiga tushsalar ham buni darrov yuzaga chiqarishmaydi, ichlariga saqlab qo’yadilar va bu borada burj vakillarining fikrini tezda bilib olish qiyin.

Shu bilan birga Parizod burji vakillari o’z yaqinlariga juda mehribon insonlardir. Haq bo’lish bo’lmasliklaridan qatiy nazar, o’zgalar bilan talashib tortishishni, boshqalarni kamchiliklari uchun haqorat qilishni o’zlariga nomunosib deb biladilar.

Mazkur burj ostida tug’ilgan insonlarga ham boshqalar qatorida maqtov juda yoqadi, lekin tanqidga umuman toblari yo’q.

Parizodlar hamma vaqt tanlashadi: yeyishda, ichishda, kiyinishda va hatto sevgida… to’satdan miyalariga kelib qolgan fikrdan uzoq vaqt hursand bo’lib yuradilar. Vaholanki, ularning aytgan har bir gapi haqiqatga ancha yaqin bo’ladi va uni ko’pchilik qabul qiladi.

Masalan, Parizod burji vakillari bahtga ham, bahsizlikka ham odamning o’zi sababchi bo’ladi, deb hisoblaydilar va o’zlarining bu fikrlarini juda mohirlik bilan izohlab ham bera oladilar. Ular odamlarning ojizliklari ustidan kuladilar. Bu parizodlarning bemehrligidan emas, balki intilgan, harakat qilgan odam o’z maqsadiga erishishiga qattiq ishonganliklaridandir.

Parizod burji: erkaklar xarakteri haqida

Parizod burjidagi erkaklar o’zlari uchun qanday hayotni maqul deb bilsalar, shunday yashaydilar. Ko’pincha birovlarning nasihatlariyu maslahatlarini bosh egib maqullasalarda, ammo o’z bilganlaricha ish qiladilar.

Bu burj vakillariga faqat va faqat mehr muhabbat bilan munosabatda bo’lish kerak. Ular kimnidir qattiq sevib qolgan taqdirda ham, buni ichlariga yutib yuraveradilar, toki sevgan insonlariga nisbatan ko’ngillarida qatiy ishonch va ko’ngil to’qlikni his qilmagunlaricha.

Parizodlar uchun ishonch hamma narsadan ustun turadi va bu tuyg’uni ular butun umrlari davomida o’zlariga dastak qilib oladilar. Ishonchsizlik oqibatida juda ko’p narsalarga o’zlariga qanchalik qiyin bo’lmasin, qo’l siltab keta oladilar.

Erkak Parizodlar ayollardagi hayo va ibo fazilatlarini qadrlaydilar, kerak bo’lsa ularga shunday bo’lishi lozimligini qayta qayta takrorlashdan charchamaydilar. Ular qiz farzandlarini shunday tarbiyalashni o’z ayollaridan talab qiladilar. Ota Parizodlar doimo o’z farzandlari bilan fahirlanib yurishni chin dildan hohlaydilar.

Parizod burji: ayollar xarakteri haqida

Ayol Parizod burjidagilar juda jozibador va dilrabodirlar. Ular noz – karashmani joyiga qo’yadilar. Ammo o’zlarining uyatchanliklaridan, tortinchoqliklaridan doimo qiynaladilar. Ular faqat o’zlariga yaqin olgan do’stlari bilangina ochilib – sochilib gaplashib keta oladilar.

Parizod burji ayollari uchun hamma narsa zo’r bo’lishi kerak. Ular o’rtamiyona narsalarni hushlamaydilar hamd ko’rimsiz, kishi etiboridan chetda qolgan joylarga sig’maydilar. Shuningdek, mazkur burj ostida tug’ilgan ayollar erkaklarga o’zlarini ojiza qilib ko’rsatmaydilar.

Oilani va o’zlarini har tomonlama taminlab qo’yish erkaklarning burchi deb biladilar. Parizodlarga erkaklar tomonidan ko’rsatilayotgan har qanday etibor muhabbat asosiga qurilgan bo’lishi kerak.

Toki erkaklar ularni ayol, farzandlarinig onasi va yoki hamisha ko’makka muhtoj ekanliklari uchun g’amxo’rlik yoki muhabbat ko’rsatmasinlar. Parizod burj vakillari o’zlarini huddi shunday tushungan erkaklarni nihoyatda qadrlaydilar.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

комментария 2

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *