“Qah-qah otib kuluvchi ispaniyalik” memining qahramoni vafot etdi
Qah-qah otib kulgan videosi mashhurlikka erishgan ispaniyalik komik aktyor Xuan Borxa 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lum qilinishicha, Xuan Sevilyadagi Virxen-del-Rosio shifoxonasida yurak-qon tomir kasalligi sabab jon bergan.
Borxa ishtirokidagi video ijtimoiy tarmoqlarda 2007-yilda paydo bo‘lgan. Unda ispaniyalik erkak restorandagi faoliyati haqida so‘zlab beradi. Videoda Borxe ish kunlarining birida hamkasbi tovalarni yuvmasdan, qum tozalashi uchun ularni qirg‘oqda qoldirishni tavsiya qilganini aytib beradi. Xuan tavsiyaga amal qilgani natijasida 20 ga yaqin tova oqib ketgan, restoran xo‘jayini esa uni idishlarning ortidan yuborganini aytib o‘zini kulgidan to‘xtata olmaydi.
Ushbu hodisadan keyin ishiga qaytmagan Borxaning qahqahasi ijtimoiy tarmoqlarda memga aylangan.
Источник: Daryo.uz