Qatar Yaponiyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempioni bo‘ldi (video)

1-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiya terma jamoasi Qatar termasiga qarshi musobaqa chempionligi uchun kurash olib bordi.

O‘yinning 12-daqiqasida qatarlik Almuaz Ali Yaponiya termasi darvozasiga “qaychi” uslubida super gol urdi (1:0) va musobaqadagi gollari sonini 9 taga yetkazdi.

27-daqiqada esa Qatar termasi yarim himoyachisi Abdulaziz Hatim uzoqdan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).

2-bo‘limning 69-daqiqasida Takumi Minamino arablar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi (2:1). 83-daqiqada hakam Ravshan Ermatov tomonidan Yaponiya darvozasiga penalti belgilandi. Akram Afif bundan unumli foydalandi va yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa Qatar termasi Yaponiyani 3:1 hisobida taslim qilib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *