Shavkat Mirziyoyev 2 xonali uy sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Buyuk Britaniyadagi musobaqada chempion bo‘ldi

Joriy yilning 6—16-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida zaif eshituvchilar o‘rtasida shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Musobaqa doirasida Ochiq chempionat ham tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi, 2004 (Malente, Germaniya) va 2008-yilgi (Sant-Gallen, Shveysariya) zaif eshituvchi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempioni, 2015-yilgi Osiyo chempioni (Ulan-Bator, Mo‘g‘uliston) Sirojiddin Zayniddinov ham ishtirok etdi.

Ochiq chempionat yakunlariga ko‘ra 8 ochko jamg‘argan Sirojiddin birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Ma’lumot uchun chempionatda 30 nafar shaxmatchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Shaxmatchi bugun tongda kutib tantanali ravishda kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Sirojiddin avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki xonali uy bilan taqdirlangandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *