Shovqin-surondan yiroq: Kidman, Roberts va shahar markazidan uzoq hududlarda yashovchi boshqa yulduzlar (foto)
Ommabop e’tiqoddan farqli o‘laroq, ayrim yulduzlar doimiy ravishda ekranlarga chiqish uchun Gollivud yaqinida yashashni shart deb bilmaydi. Ushbu taniqli shaxslar bolalarni tarbiyalash va sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun tinch shaharni tanlagan.
Rayan Reynolds va Bleyk Layvli
Uch farzandning ota-onasiga aylangan yulduzlar oilasi Nyu-Yorkning osuda Bedford shaharchasida yashaydi. Darhaqiqat, Uestchesterni uzoq vaqtdan beri yulduz va amerikalik millionerlar tanlagan, shuning uchun ham ularning hayotini butunlay qishloq deb atash mumkin emas. Ammo katta shaharning shovqin-suronidan yiroq.
Meril Strip
Aktrisa bir qancha mukofot va sovrinlarga ega bo‘lsa-da, hech qachon ular tizilgan uyda yashamagan. U ko‘p vaqtini Konnektikut shtatidagi Selberida oilasi bilan birga o‘tkazadi. Bu oddiygina amerikancha shaharcha, uning aholisi aktrisaning shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqini himoya qiladi.
Xarrison Ford
Aktyor rafiqasi Kalista bilan Vayoming shtatidagi Jekson-Holl shaharchasida yashaydi. Ford hech qachon Gollivudga yaqin joyda yashashga intilmagan. Shuningdek, uning 324 gektar maydonining bir qismi milliy qo‘riqxonaga aylantirildi.
Jessika Bil
Aktrisa Montana shtatining Big-Skay shahrida yashaydi. U va eri Jastin Timberleyk 2015-yilda o‘g‘li Saylas tug‘ilganidan keyin u yerga ko‘chib ketgan. Yulduzli juftlik u yerda sayr qiladi, dam oladi va shaharga qaytishni hozircha rejalashtirmagan.
Juliya Roberts
Aktrisaning AQShning bir nechta shtatlarida uyi bor. Lekin Nyu-Mexiko shtatining Taos sharida u turmush o‘rtog‘i Denni Moder va uch farzandi bilan o‘zini erkin his etadi. Juftlikning uyi Sangre-de-Kristo tog‘larida joylashgan.
Tom Xenks
Yaqindagina koronavirusga chalingan taniqli aktyor bir necha yildan beri Aydaho shtatining Ketcham shahrida ikkinchi rafiqasi Rita Uilson bilan yashaydi. U yerda aktyor jurnalist va muxlislarning nazaridan chetda, xotirjam hayot kechirishi mumkin.
Jeff Deniyels
Aktyor suratga tushishdan bo‘sh vaqtlarida o‘zi tug‘ilgan Michigan shtatining Chelsi shahrida yashaydi. U bir vaqtlar mashhur bo‘lishini kutmaganligini tan olgan va shuning uchun ham uyidan uzoqda yashamagan.
Nikol Kidman
Avstraliyalik aktrisa turmush o‘rtog‘i Kit Urban va bolalari bilan xotirjamlik uchun Tennessi shtatidagi Leypers-Fork shahrida yashaydi. Biroq Kidmanning Qo‘shma Shtatlarda ham, mamlakat tashqarisida ham bir qancha yashash joylari mavjud.
Eshli Jadd
Aktrisa asli Kentukki shtatidan, ammo u Kidman bilan bir joyda yashaydi. Aynan shu yerda uning onasi Naomi va singlisi Vaynonna dunyoga kelgan. Ular ham Eshli bilan qo‘shni yashaydi.