SpaceX’ning Xalqaro koinot stansiyasiga birinchi missiyasi astronavtlari Yerga qaytib keldi (video)

SpaceX kompaniyasi NASA bilan shartnoma doirasida Xalqaro koinot stansiyasiga o‘zining birinchi muntazam missiyasini muvaffaqiyatli yakunladi, deb yozadi Meduza.

2-mayga o‘tar kechasi Crew Dragon-1 kosmik kemasi XKSdan chiqib, olti yarim soatdan keyin Florida qirg‘oqlari yaqiniga, Meksika ko‘rfaziga qo‘ndi.

To‘rt nafar astronavt o‘tirgan tushiriluvchi kapsula Toshkent vaqti bilan 11:57 da suvga tushdi. So‘ng uni Go Navigator qidiruv-qutqaruv kemasi o‘z bortiga chiqarib oldi.

Qo‘nish jarayonining to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyasi NASA YouTube kanalida olib borildi. Muassasa qayd etishicha, bu Amerika kosmik kemasining 1968-yil dekabridagi Apollo sakkizinchi missiyasidan buyon birinchi tungi qo‘nishidir.

Missiyada uch nafar amerikalik astronavt — Maykl Hopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker, shuningdek, yaponiyalik astronavt Soiti Noguti qatnashdi. Crew Dragon-1 ekipaji XKSga 2020-yil noyabrida yetib borib, u yerda yarim yil davomida bo‘ldi.

24-aprel kuni esa XKSga SpaceX’ning boshqa kemasi — Crew Dragon-2 tutashgan edi. Uning bortida NASA astronavtlari Megan Makartur va Sheyn Kimbro, Yevropa kosmik agentligi astronavti Tomas Peski va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi astronavti Akixiko Xoside bor edi. Ular stansiyada olti oycha bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *