Spirit — Infinity’ning “yuragi” mijozlar uchun allaqachon ochiq
Golden House ajoyib loyihalaridan biri bo‘lgan Infinity’ning abadiylik timsoli ostidagi eng uzoq kutilgan — Spirit uchinchi uyi ham sotuvga qo‘yilganini e’lon qiladi.
Infinity muhtasham imorati haqli ravishda developerning o‘ziga xos, yorqin loyihalaridan biri hisoblanadi. Buning sababi bir qator omillarga bog‘liq: noyob konsepsiya, poytaxt markazidagi qulay joylashuv, boy infratuzilma, obodonlashtirilgan hudud, qurilishning yangi zamonaviy texnologiyalari hamda yuqori darajadagi qulaylik.
Majmuaning uchinchi uyi Spirit o‘z ichiga jami 120 ta xonadonni qamrab olgan bo‘lib, bu yerda 47 dan 128 kvadrat metr maydongacha, ya’ni 1 dan 4 xonaligacha bo‘lgan xonadonlar mavjud. O‘z xohish-istagingizdan kelib chiqqan holda, maqsadingizga mos turli rejalashtirish yechimlarini tanlashingiz mumkin. 16 qavatdan iborat mazkur inshootning 15—16-qavatlari penthouse’lardir. O‘ziga xos iliqliq muhitini mujassam etgan imorat ruhiy va energetik yuksalishda ideal ekotizimni yaratadi. Unda megapolis salohiyati bilan birgalikda tabiatning barcha unsurlari ham jamlangandir. Zamonaviy va muhtasham inshoot muhiti kishiga ajoyib energiya hamda xushkayfiyat bag‘ishlaydi.
Endi esa biroz Infinity’dagi xonadonlarning qulayligi va dizayni borasida suhbatlashsak. Kelgusida uyingizga tashrif buyuruvchi mehmonlar binoga kiraverishdagi, o‘ziga xos dizayn loyihasidan tortib, mehmonlarni kutish va muzokaralar olib borish uchun tashkil etilgan joylardagi sharoitlardan hayratga tushadi. Dekorativ yoritish tizimi hududni tabiiy yoritish imkonini bersa, shishadan yasalgan, zamonaviy mualliflik qandili kechqurun va qish mavsumida quyosh yetishmasligini qoplagan holda qulaylik yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, xonadoningiz siz va mehmonlaringizga juda manzur bo‘ladi.
Spirit xonadonlari xayflet usulida bo‘lib, shift balandligi 3.30 metr, har bir xonadonda esa terassa va balkonlar mavjud. Barcha liftlar ichki individual dizaynga ega holda shovqinsiz va yuqori tezlikda harakatlanadigan qilib o‘rnatiladi. Albatta, yaratilgan bu kabi barcha shart-sharoitlar aholining qulayligi va xavfsizligi uchundir. Majmua ichida savdo markazlari – supermarket, savdo do‘konlari, kinoteatr, kafe va restoranlar, bolalar uchun o‘yingohlar, shuningdek, o‘quv va ko‘ngilochar maskanlar ham bo‘ladi.
Qurilishning dastlabki bosqichida ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish dunyo tajribasi bo‘yicha eng manfaatlisi hisoblanadi va O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Hozirda majmuaning uchinchi uyidan xonadonni eng maqbul narxlarda xarid qilib olishingiz mumkin. Infinity nafaqat poytaxt markazida joylashgan zamonaviy majmua, balki hududda mavjud savdo markazi, avtomashinalarsiz hovli, noyob dizayn, eko-parkka qadar qurilgan velosiped yo‘li, yashil hududlar va derazalarda aks etuvchi purviqor tog‘lar hamda shaharning ajoyib ko‘rinishi hamdir. Bu lyuks klassiga mansub turmush tarzining tabiat bilan uyg‘unlashuvining o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Mijozlar uchun yana bir yoqimli eslatma: Infinity’da ko‘chmas mulk sotib olayotganda, developerdan yana bir xonadonni yutib olish imkoniyatini beruvchi Golden House aksiyasi 15-iyunga qadar davom etadi. Shuningdek, sotuvda yana Aqua turar-joy majmuasidan bir nechta xonadon hamda butunlay yangi Spirit savdosi mavjud. Bu qulay, zamonaviy majmuada farovon hayotni ta’minlash yoki bugun kiritilgan to‘g‘ri sarmoya orqali istiqboldagi muhim daromadingiz kafolati uchun ajoyib imkoniyatdir.
Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Orient Finans Bank
Call-markaz: +99878 888 18 88
Sayt: infinity-gh.uz
Facebook: fb.com/goldenhouseuz
Instagram: goldenhouseuz
Telegram: t.me/goldenhouseuz
Reklama huquqi asosida.
Manba: Daryo.uz