Tailandlik fermer loydan Bugatti Chiron’ning nusxasini yaratdi (video)
YouTube’dagi NHET TV kanalining blogerlari to‘liq loydan yasalgan Bugatti Chiron’ning noodatiy nusxasini namoyish etdi. Giperkarning juda yumshoq nusxasini yaratishga ikki hafta vaqt sarflangan bo‘lib, blogerlar har kuni 19 soatdan ishlagan, deb xabar beradi Motor.
Kanal muallifi — vyetnamlik oddiy fermer bo‘lib, superkarlarga juda qiziqadi, biroq orzusidagi mashinani xarid qilishga imkoni yo‘q. Shu sababli u do‘stlari bilan turli hamyonbop materiallardan mashinalar nusxasini yasab keladi.
Masalan, ushbu Chiron karkasi bir-biri bilan payvandlangan profillar va alyuminiy listlarni skotchlash orqali hosil qilingan. Blogerlar uning atrofida esa loydan kuzov “yasagan”. Qo‘lbola mehnat mahsuliga original mashina bilan maksimal darajada o‘xshashlik taqdim etish maqsadida ular lazer o‘lchagichlardan foydalangan, barcha panellar va teshiklar tayyor bo‘lgach, ularning yuzasi yaxshilab silliqlangan.
E’tiborli jihati, Chiron’ning loydan nusxasini yaratishda ikki eshikli modelning o‘yinchoq nusxasidan ilhomlanilgan.
Avvalroq tailandlik duradgor-bloger ishlaydigan “podveska”ga ega yog‘ochdan yasalgan Ford Mustang nusxasini sotuvga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Источник: Daryo.uz