Tush qidirish qo’llanmasi

Diqqat qiling! Qidiruv joyida yozilgan ma’lumotlar, saytimizdagi mavjud maqolalarning nomi, maqolalarga biriktirilgan kalit so’zlar va maqola matni ichidagi parchalardan qidiradi. Bu esa qidirilgan malumotni 98% topish imkonini beradi.




Assalomu-alaykum hurmatli sayt foydalanuvchisi. Tush tabirini qidirishda ko’pchilik qiynaladi, shu sababli ushbu qo’llanmani yaratishga qaror qildik. Tush qidirishda aynan e’tibor berish kerak bo’lgan narsa bu tushdagi eng muhim mavzu yoki tush asosi bo’lgan narsa. Masalan aytaylik tushda katta chiroyli qizil olma yedingiz yoki u bilan bog’liq boshqa harakat qildingiz. Ushbu tush asosi olma. Demak uni olma deb qidirish kerak. Siz izlagan harakat ushbu tabir ichida batafsil yozilgan bo’lishi mumkun. Tush qidirishda ahamyat berish kerak bo’lgan yana bir narsa bu tushdagi asosni sinonim so’zlari bilan ya’ni o’xshash so’zlari bilan qidiring.

Masalan: ro’mocha-dastro’mol, libos-kiyim, ona-volida, osmon-falak, ota-padar, bolish-yostiq va hokazo.

Tush tabirini qidirishdagi keyingi e’tiborli narsa bu tush asosining avvalgi atalishiga ham e’tibor berishdir.

Masalan: hassa ushbu so’zni so’zni avval buvilarimiz opodadalarimiz aso deb ham atashishgan. Chovgun — avvalgilar so’zida obdasta. Paqir avvalgilarda chelak, qoqi avvalgilarda turshak, sholcha avvalgilarda namat va hokazo.

Uzoqroq va ko’proq narsa va voqealarni o’z ichiga olgan tushlarni qidirish, tushning bir nechta asosi bilan tabirlanadi.

Masalan: daraxt ustiga chiqib daraxt mevalarini terayotib daraxtdan yiqilib tushish.

Bunda tushning birinchi asosi daraxt ustiga chiqish — uni saytdan quyidagicha na’munalarda qidirishingiz kerak. Daraxtga chiqish, tepalikka chiqish, balandlikka chiqish, yuqoriga chiqish.

Bunda tushning ikkinchi asosi daraxtdan meva terish — buni qidirishda mevali daraxt, mevalar yoki meva terish deb qidirasiz.

Tushning uchinchi asosi daraxtdan yiqilib tushish. Buni quyidagicha qidirasiz. Yuqoridan yiqilib tushish, balandlikdan yiqilib tushish, tepalikdan yiqilib tushish, balandlikdan qulash, balandlikdan yiqilish va hokazo.

Ko’rib turganingizdek ushbu tushni uchta asosiy bo’limga bo’ldik. Ushbu asoslarni tabirlarini o’qib chiqishlik bilan tushga umumiy hulosa qilishingiz mumkun bo’ladi.

Qolgan har qanday savollar bilan telegram tarmog’ida adminga murojat qiling. @shmakhammadzhanov

Пример HTML-страницы