Tushda aql | Тушда акл
AQL (AQL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z aqlini odam shaklida ko‘rsa, chunonchi aql unga, men sening aqlingman, desa va u rostdan ham o‘zining aqli ekanini tanisa, agar tush ko‘ruvchi aql ahlidan bo‘lsa, podshoh farzandi bilan suhbatdosh bo‘lishi va podshohzoda uni do‘st tutishiga dalildir.
Kyrmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar har kim aqlini aytilgan shaklda ko‘rsa, baxt unga yuz ko‘rsatishi, izzat va obro‘ topishi, badavlat bo‘lishiga dalildir.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi aql baxt va davlatdir. Agar tushida o‘z aqlini odam shaklida ko‘rsa, aql unga, men sening aqlingman, desa, demak unga baxtu davlat yor bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi aql va jon ota va onani bildiradi. Agar ota va ona g‘oyibda bo‘lsalar va tirik bo‘lsalar, ularning diydorini albatta ko‘radi. Agar ota-ona o‘lgan bo‘lsalar, xayru sadaqasining savobi ularga yetadi.
Hadislarda kelishicha, bir kishi Qazrati Rasululloh (s.a.v.)ning xuzuriga kelib: Tushimda aqlim va jonim mendan ajraldirlar, har ikkovi odam shaklida edi, uyimga kirdilar, biz uchchovimiz o‘tirdik va yeb-ichishga mashg‘ul bo‘ldik, — dedi. Rasulululloh (s.a.v.) unga: Aql bu jahonning qismati, jon u jahonning qismati, ishlaring ko‘ngildagidek bo‘ladi, — deb javob berdilar.
Agar aql va jon janjal qilib, tortishayotganini ko‘rsa, viloyat sultoni bilan nizo qilishiga sababdir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi aql va jon to‘rt narsani bildiradi: baxtu davlatni; ota va onani; podshoh farzandini; molu ne’matni.