Tushda eshiklar | Тушда эшиклар
Ibn sirin: Tor eshiklardan chiqish kichkina ham gunohi bo’lmagan zotlar uchun salomatlik va najot bo’lib, katta gunohlari bo’lmagan ahli fazllar uchun ham salomatlik va najot belgisidir. Bemor odamlarda bu hol ularni vafot etishlari va dunyodan xalos bo’lishlariga dalolatdir. Sog’lom odamlarni esa kasal bo’lishlariga dalolat qiladi. Ochiq eshiklar rizq eshiklaridir. Hovlining eshigi uning egasidir. Tutshda hovlining eshigida sodir bo’lgan narsa o’ngida shu hovlining egasida bo’ladi. Uylarning eshiklarini ma’nosi xotinlar ustida voqe bo’ladi. Ya’ni uylarning eshiklari bilan bog’liq tushda nima sodir bo’lsa yoki nima ko’rsa, u ayollarda bo’ladi.
Agar eshiklar juda tekis bo’lsa, undan Murod bokira kizlardir. Agar ularni qulflari bo’lmasa, juvon xotinlar bo’ladi. Agar hovlining eshigini yiqilgan, tashqariga sug’urilgan, yonib ketgan yoki sindirilgan holda tush ko’rsa, bu hol hovli egasiga biron musibat kelishidan darak beradi. Agar hovli eshigi keng, baquvvat bo’lsa, bu egasining holi yaxshiligiga ishoradir. Agar o’z hovlisining eshigini istab topa olmay yurgan bo’lsa, dunyoviy ishlarida uyga toladi. Kim birontasi bilan o’ngida tortishib yurgan bo’lsa va tushida biror eshikdan ichkariga kirsa g’olib bo’ladi.
Agar tanish yoki notanish har xil joylarda ochiq eshiklarni ko’rsa, unga dunyo eshiklari ochiladi, modomiki eshiklardan o’tmasa. Agar ulardan o’tsa, u shu hovlining xarob bo’lishi, ekinsiz bo’sh qolishidir. Agar eshiklar yo’lga qaragan bo’lsa, molu-dunyosi g’ariblarga va ommaga tarqatiladi. Agar eshiklar hovlidagi uyga qarab ochilgan bo’lsa, topgan molu davlati o’z ahliga bo’ladi. Agar barcha eshiklardan yuqori, keng holda hovlisini eshigini ko’rsa, bu uning hovlisiga musibat bo’lganda ko’p odamlarni ruxsatsiz kirishidir. Agar tor eshikdan keng eshikka chiqqanini ko’rsa u torlikdan kengchilikka, tashvishdan forig’bo’lishga ishoradir. Kim hovlisida ikkita eshikni ko’rsa, xotini fosida bo’ladi. Kim eshigida ikkita halqa ko’rsa qarzdor bo’ladi. Agar o’zini eshik halqasini sug’urayotgan holda ko’rsa, biron bid’atga giriftor bo’ladi. Hovli yopilishi hovlining ahli uchun katta musibatdir. Shaharning eshiklari shu shaharning rahbarlari va hokimlaridir. Shuningdek, ushbu shaharni qo’riqlaydigan, uni himoya qiladigan zot ham bo’lishi mumkin.
Agar o’zida riboning bazi belgilari mavjud bo’lgan kishi tushida eshiklarni tez tez, qayta qayta ko’rsa, bu hol ko’pincha riboga dalolat qiladi.
Kim tushuda eshiklardan pashsha, ari yoki chumchuq kabi narsalar uchib o’tib tepaga ko’tarilayotganini ko’rsa va odamlar qaxatchilikni boshdan kechirib turgan bo’lsa, ularga ko’p yomg’ir yog’adi.
Quyidagilar sizga foydali bo’lishi mumkin:
- Tushda eshik | Тушда эшик
- Tushda kalit | Тушда калит
- Tushda saroy
- Ma’ruf (taniqli) shaharning eshiklari