Tushda arra | Тушда арра

ARRA Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida arra bilan daraxtni yiqitayotganini ko‘rsa, shu daraxtga taalluqli bo‘lgan biror kishining suhbatidan judolik qidirishi va unga ozor berishiga dalildir. Agar farzandini, aka-ukasini yoki opasinglisini arra bilan ikkiga bo‘lib qo‘yganini ko‘rsa, o‘shalar kabi boshqa farzand, aka-uka yoki opa-singil tug‘ilishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar arra topib olsa, yoki sotib olsa yohud unga biror kishi arra bersa, o‘g‘li bo‘lsa boshqa o‘g‘il tug‘ilishiga dalil bo‘ladi. Bordi-yu naslsiz bo‘lsa, hayvonlari bola tug‘ishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi arra uch narsani bildiradi: farzandni; opa-singil yoki aka-ukani va hamkorlikni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *