Tushda ayol | Тушда аёл

AYOL (ZAN) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ayol erkak kishi uchun shodlik va maqsad bo‘ladi. Qari ayol dunyo va undagi mashg‘ullik bo‘ladi. Yana ko‘p ayollarni ko‘rish shodlik va maqsad bo‘ladi. Biroq shodlik ayollarning chiroyli va go‘zalligi, semiz va oriqligi hamda xunukligi mikdoriga muvofiq bo‘ladi. Tushdagi ayollarning yaxshisi mashhur bo‘lmagan ayollardir.
Chiroyli va semiz ayol ne’matning farovonligiga, ozg‘in va xunuk ayol ochlik va qiyinchilikka dalildir. Shodon va o‘ziga oro bergan ayol bu dunyo maqsadlariga dalildir. Qari, badbashara va iflos ayol maqsaddan uzoqlikka dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, agar ayol kishi erkak a’zosini ko‘rsa farzand tug‘ilishi yoki homilador bo‘lib, bola tug‘ishiga dalildir. Agar yosh qiz qari bo‘lib qolganini ko‘rsa, din va dunyo ishlarining yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar erkak kishi o‘zi bilan bir ayolning orqadan aloqa qilayotganini ko‘rsa, uning obro‘ va e’tibori to‘kilishiga dalildir. Agar ayol kishi erkak bo‘lib qolganini va erkaklar kiyimini kiyib olganini ko‘rsa, agar bu ayol pokdomon ayol bo‘lsa, yaxshilik va sozlikka dalildir, agar bu ayol buzuq ayol bo‘lsa, uning yomon ish qilishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, buzuq ayol dunyo qidiruvchi kishi uchun dunyosining ziyoda bo‘lishiga dalildir, yaxshi kishi uchun yaxshilik hamda ilm bo‘ladi. Notanish ayol tanish ayoldan yaxishroq bo‘ladi. Agar bir kishi xotiniga o‘zga kishining qo‘l uzatayotganini ko‘rsa, bu xotinning ahli oilasi boy bo‘lishiga dalildir. Agar xotini begona erkaklar oldida buzuqchilik qilayotganini ko‘rsa, erkakka foyda va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar kishi xotiniga birorta erkak nayza yoki qilich berganini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ishiga dalildir. Agar biror kishi unga dori berganini ko‘rsa, qiz tug‘ishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ayol olti narsani bildiradi: shodlik va maqsadni; dunyoni; kasbni; ne’matni; ochlik va tanglikni; boylikni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *