Tushda balg’am | Тушда балгам
BALG‘AM KO‘RISH (BALG‘AM DIDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi balg‘am yaxshilik yo‘lida sarf qilinadigan nafaqa molni bildiradi. Agar kishi tushida odamlar guruhi oldida balg‘am tashlaganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar pokiza balg‘am tashlaganini ko‘rsa, yaxshilik yo‘lida mol nafaqa qiladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar bemor tushida balg‘am tashlaganini ko‘rsa, kasallikdan shifo topishiga dalildir. Agar qora balg‘am tashlaganini ko‘rsa, g‘amu anduhni bildiradi. Agar qon aralash balg‘am tashlaganini ko‘rsa, moliga biroz nuqson yetishiga dalildir. Agar o‘z uyining ichiga balg‘am tashlaganini ko‘rsa, molini begonalarga nafaqa qilishini bildiradi. Agar masjid ichiga balg‘am tashlaganini ko‘rsa, begonalar uchun o‘z molini yaxshilik yo‘lida sarflamasligini bildiradi.