Tushda banan | Тушда банан
BANAN (MUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi banan boy odamlar uchun mol, dindor uchun din bo‘ladi. Banan bargi boshqa barglardan yaxshiroqdir. Tushida banani borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa va u kishi boy ekanini ko‘rsa, moli yanada ziyoda bo‘lishini bildiradi. Tushida banan yeganini ko‘rsa, diniy va dunyoviy foyda kurishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi banan uch narsaga dalildir: boylikning ziyoda bo‘lishiga; halol rizq va yoqimli hayotga; dinning ziyoda bo‘lishiga.