Tushda bedana | Тушда бедана

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

BEDANA (SAMONA) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi bedana qulning yoki xizmatkorning o‘g‘lidir. Agar bedanani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, quli yoki xizmatkorida farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar nar bedana bo‘lsa o‘g‘il, moda bo‘lsa qiz tug‘iladi. Agar bedana qo‘lidan uchib ketganini ko‘rsa, farzandi yoki quli halok bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, tushdagi bedana mol va halol rizqdir. Alloh ta’olo aytadi: . . . samoviy noz-ne’matlar va (pishirilgan) bedanalar nozil etib, Sizlarga rizq sifatida beril-gan pok narsalarni yenglar (dedik). . . (Baqara surasi, 57-oyat).
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bedana to‘rtta narsaga dalildir: qulning farzandiga; halol rizqqa; foyda va boylikka.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan