Tushda bel | Тушда бел
BEL (PO‘ShT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bel — quvvat, himoya va yordam talab qilinadigan erkakni bildiradi. Agar tushida belini sinib qolganini ko‘rsa, himoya qilib yurgan kishisining dunyodan ketishini bildiradi. Agar beliga birorta zarar yetganini ko‘rsa, ranj va ofat yetishiga dalil bo‘ladi. Agar belining qattiq, yo‘g‘on va baquvvat bo‘lib qolganini ko‘rsa, badani kuchli, dono va aqlli farzand tug‘ilishiga dalil bo‘ladi. Beliga biror narsa olganini ko‘rsa, og‘irlik miqdoriga qarab, unga g‘am-anduh yetishini bildiradi. Agar o‘likni orqasiga ko‘targanini ko‘rsa, o‘likning oilasini o‘z yelkasiga olishini bildiradi. Agar beli chiqib ketganini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, dushmanning belini ko‘rish dushmanning yomonligidan omon bo‘lishini bildiradi.
Ayolning belini ko‘rish dunyoning o‘zgarishini bildiradi.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bel aka-ukalarni bildiradi. Beli singanini ko‘rsa, aka yo ukasi vafot qilishiga dalildir. Tushida beli og‘riyotganini ko‘rsa, aka-ukasidan
yoki bir ulug‘ kishidan g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar bel og‘rig‘i tufayli beliga qizdiruvchi dog‘ qo‘yilganini ko‘rsa, dini va dunyosining soz bo‘lishiga dalildir. Agar beli bilan devorga suyanib turganini ko‘rsa, safarga chiqadi va mol hosil qiladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda belni ko‘rmoq o‘n ikki narsaga dalildir: quvvatga; birodarlikka; do‘stga; podshohga; vazirga; muhabbatga; otaga; aka-ukaga; o‘g‘ilga; molga; yordamga va boboga.