Tushda bulut | Тушда булут

BULUT (ABR) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda bulut ko‘rish olti xil bo‘ladi; oq bulut, qora bulut, sariq bulut, qizil bulut, yog‘adigan bulut, yog‘maydigan bulut va bularning har biri uchun alohida ta’bir bor.
Kimki o‘zini yog‘uvchi oq bulut ostida ko‘rsa, Xudoyi azza va jalla unga ilmu hikmat ato qiladi, odamlarga esa uning ilmu hikmatidan manfaat yetadi. Agar sariq bulut ostida turganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, bu odam xotin oladi va xotindan ranju alam va anduhlar ko‘radi. Qizil bulut ostida ko‘rsa, mehnat va baloga giriftor bo‘ladi, chunki Xudoyi azza va jalla qaysi qavmning ustiga azob yubormoqchi bo‘lsa, avvalo ularning ustida qizil bulut paydo bo‘lar edi.
Bulut ustida tik turganini ko‘rsa, bulut miqdoricha amru farmonga ega bo‘ladi. Boshi ustidan bulut o‘tib ketayotganini ko‘rsa, yaxshi niyatli va yaxshi ahdli odam bilan suhbat quradi, undan murod hosil bo‘ladi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar bulutni osmonda haydab yurganini ko‘rsa, uning ulamolar bilan suhbatda bo‘lishiga dalildir. Agar bu tushni podshoh ko‘rsa, o‘z viloyatiga elchilar va xabarchilarni yuboradi. Agar havodan bulutni olsa va yerga keltirsa, ishlari yaxshi bo‘lishi va ulug‘lik topishi va ilm hosil qilishiga dalil bo‘ladi. Bulut boshiga soya solayotganini ko‘rsa, o‘sha yili xayru ne’matni ko‘p topishiga dalildir. Agar bulutdan libos to‘qib, uni kiyganini ko‘rsa, hech kimda bo‘lmagan katta ilm hosil qilishga dalildir. Agar bulut tamomi olamni qoplab olganini ko‘rsa, lekin hech yomg‘ir bo‘lmasa, yomon ahvolga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar bulutni to‘plaganini yo ko‘tarib olganini yoki yeganini ko‘rsa, hokimlar orasida izzatli bo‘ladi va ilmda yagona bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Agar bulutni yeyayotganini ko‘rsa, uning rizq ro‘zi hikmat orqali bo‘ladi. Yomg‘irli bulut ko‘rsa, rahmat va xayriyatga dalildir. Yomg‘ir suvini ichayotganini ko‘rsa, ichgani mikdoricha unga rahmat va yaxshilik topishiga dalolat qiladi. Agar yomg‘ir va momaqaldiroq kuchli ekanini ko‘rsa, ota-ona yoki musulmonlar duosidan qo‘rqinch yuz berishiga dalildir. Agar momaqaldiroq bilan chaqmoqni birga ko‘rsa, bu azob qattiqroq va kuchliroq bo‘lishiga dalildir. Uning uyi va o‘tiradigan joyiga bulut yoyib qo‘yilganini ko‘rsa, farzandi va ahli oilasi uchun hikmat va ilm bo‘lishiga dalolat qiladi.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida bulut ko‘rsa, to‘qqiz dalilga ega bo‘ladi: hikmatga; hukmdorlikka; podshohlikka; rahmatga; parxezgarlikka; azobga; qahatchilikka; ofatga va fitnaga.
Ismoil Apgas (r.a.) aytadi: Qora bulut qattiq qo‘rqinch va vahimaga, yomg‘irli bulut yaxshilik va kengchilikka dalil bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *