Tushda buzoq, bo’zak | Тушда бузок, бузак

BUZOQ (GUSOLA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida erkak buzoq topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, oilasida o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir. Agar buzoq moda bo‘lsa, qiz tug‘ilishini bildiradi. Tushida buzoqni uyiga olib borganini va uni silaganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida buzoq uning uyiga kirib-chiqib yurganini ko‘rsa, g‘amu anduqga dalil bo‘ladi. Tushida buzoqqa minib olganini ko‘rsa, ajam podshohiga yetishishi va undan ulug‘lik topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida buzog‘i o‘lib qolganini ko‘rsa, farzandining o‘lishiga dalildir. Buzog‘i yo‘qolib qolganini ko‘rsa, farzanddari undan uzoqlashish yo‘lini qidirishlariga dalildir. Tushida buzog‘i borligini va uning go‘pggidan yeganini ko‘rsa, farzandining merosidan yeyishiga dalildir.
Ismoil Aigas (r.a.)ning aytishicha, tushida buzog‘i oq rangli ekanini ko‘rsa, farzandi muborak, porso va badavlat bo‘lishiga dalildir. Agar buzoq rangi oq-qora (ola-bula) bo‘lsa, farzandining o‘rtacha bo‘lishini bildiradi. Buzog‘i semiz va kuchli ekanini ko‘rsa, farzandi tandurust va ahvoli soz bo‘lishiga dalildir.
Agar kuchsiz va oriq bo‘lsa, yuqoridagining aksi bo‘ladi.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *