Tushda chag’ona | Тушда чагона
CHAG‘ONA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chag‘ona yaramas va yolg‘on so‘zni bildiradi. Agar chag‘ona chalayotganini ko‘rsa, yaramas va yolg‘on so‘zni aytishga yoki g‘amu anduh tortishga dalildir. Agar podshoh unga chag‘ona berganini ko‘rsa, podshoh tomonidan g‘amu anduh yetishiga dalil bo‘ladi. Agar chag‘onani sindirib, otib yuborganini ko‘rsa, yolg‘on va aldovdan tavba qilishiga dalildir. Agar chag‘ona chalayotganini ko‘rsa, aslida chag‘ona chalishni bilmasa, agar o‘zi ilm sohibi bo‘lsa, odamlarga ilmta’lim berishi va bu ilm bilan odamlarga foyda kelitirishiga dalildir. Ehtimolki, tafsir, fikhdan dars aytishi mumkin.
Agar bu tush sohibi nodon va ilmsiz bo‘lsa, uning bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishi va bir ish tufayli unga ta’na yetishiga dalildir. Agar chag‘ona bilan birga chang, nay va raqs ham bo‘lsa, g‘amu anduh va musibat yetishiga dalildir