Tushda chang chalmoq | Тушда чанг чалмок

CHANG CHALMOQ (ChANG ZADAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi chang chalish yolg‘on so‘z bo‘ladi. Agar chang chalayotganini ko‘rsa, yolg‘on va botil so‘zga dalil bo‘lib, bundan unga g‘am va ziyon yetadi. Agar podshohning chang berganini ko‘rsa, podshohdan unga atolar va ulug‘lik yetishiga dalildir. Agar bu holga yarasha bo‘lmasa, g‘amu anduhdan qutulib, xursandchilikka yetishini bildiradi. Agar changni sindirganini yoki otib yuborganini ko‘rsa, yolg‘ondan tavba qilishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushda chang chalmoq uzoq umrni bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida chang chalayotganini ko‘rsa, ulug‘lardan bir izzatli ayolga yetishishiga, undan obro‘izzat, mol topishiga, oxiri o‘sha xotinni nikohiga olishiga dalildir. Agar chang, karnay-surnay va raqsni ko‘rsa, bularning barchasi g‘amu musibatga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida bemorlikda chang va do‘mbira chalayotganini ko‘rsa, vafotiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *