Tushda charxpalak | Тушда чархпалак
CHARXPALAK (DULOB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi suv charxpalagi xazina, ne’matga to‘la uy va obodonlikdir. Tushida charxpalak yasayotganini ko‘rsa, o‘zi shu kasb ahlidan bo‘lsa, uning uyini xazinaga aylantiradilar yoki o‘z quvvati bo‘lsa, o‘z uyini xazina qiladi. Tushida podshoh yoki biror ulug‘ kishi charxpalak berganini ko‘rsa, podshohlikdan yo o‘z uyidan unga berishiga dalildir. Tushida charxpalakdan suv ichayotganini yoki suv yig‘ayotganini ko‘rsa, xazinabondan foyda topishiga dalildir.