Tushda chiroq | Тушда чирок
CHIROQ (ChIROG‘) Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi chiroq uydagi xodim bo‘ladi. Ta’birchilarning aytishicha, uydagi chiroq xona sohibasi bo‘ladi. Agar uydagi chiroqni pokiza va ravshan holda ko‘rsa, xona sohibasi komila va xushfe’l ayol ekanligiga dalildir. Agar uydagi chiroq yaxshi yoritmayotganini ko‘rsa xona sohibasi yoki xodimasining ranj topishiga dalildir. Agar chiroqning o‘chib qolganini ko‘rsa, xona sohibasining vafot etishiga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar chiqmoqtosh bilan chiroqni yoqqanini ko‘rsa, xotini bo‘lsa farzand tug‘ilishi, yolg‘iz bo‘lsa xotin olishi yoki kanizak sotib olishiga, agar safarda yurgan odami bo‘lsa, salomat qaytishiga dalil bo‘ladi. Agar shaharda chiroqning ko‘p ekanini ko‘rsa, viloyat podshohi odil, qozining insofli, shahar ahlining maishati soz, shodligi ko‘p bo‘lishiga dalildir.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, qo‘lida ko‘pgina chiroqlar borligini ko‘rsa, oilasida bir farzand tug‘iladiki, u farzand izzatli va davlatli bo‘ladi. Agar bu tush egasi fosiq odam bo‘lsa, Xudoga tavba qilib qaytishiga dalildir, bordi-yu mushrik (shirk keltiruvchi) bo‘lsa, hidoyat (to‘g‘ri yo‘l) topishini bildiradi, bordi-yu musulmon bo‘lsa, toat-ibodat va tavfiq topishiga dalildir. Agar chiroq o‘chsa, farzandi halok bo‘lishi yoki izzat va davlatiga nuqson yetishiga dalildir. Agar ikki qo‘lida ravshan chiroq borligini ko‘rsa, uning diniy va dunyoviy ishlari soz bo‘lishini bildiradi. Agar bir qo‘lida bitta chiroq borligini va bu chirokda ikkita teshik bor bo‘lib, ikkita pilik yonib turganini ko‘rsa, egizak farzand tug‘ilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi chiroq o‘n to‘rtta narsaga dalildir: podshohga; qoziga; farzandga; uylanishga; viloyatga; saroyga; amalga; shodlikka; ilmga; boylikka; yoqimli maishatga; kanizakka; manfaatga; nimaiki ko‘rgan bo‘lsa, aynan o‘sha narsaning bo‘lishiga.