Tushda chiroqdon | Тушда чирокдон
CHIROQDON Tushdagi chiroqdon ayol bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, xona xizmatkorini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar chirokdon po‘latdan qilingan bo‘lsa, xizmatkorning asl kelib chiqishi otashparastlardan ekanini bildiradi. Agar chirokdon sapoldan bo‘lsa, xizmatkorning asli musulmondan bo‘lib, dindor va omonatkor bo‘ladi. Agar chirokdon qo‘ldan tushib, sinib ketganini ko‘rsa, xizmatkor ayolning vafot etishini bildiradi.