Tushda chodir | Тушда чодир

CHODIR (XIRGOH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chodir yaxshilikka dalolat qiladi. Tushida chodir ustiga minib olganini ko‘rsa, dunyoning molu matolaridan biror narsaga ega bo‘lishini bildiradi. Agar chodir o‘z mulki ekanini tush ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Chodirning yashil yoki oq ekanligini tush ko‘rsa, yaxshilikni bildiradi. Tushida chodirning mashhur chodir ekani, rangi yashil bo‘lib, chodir ichida o‘tirganini ko‘rsa, dindor bo‘lishiga dalildir. Agar chodir notanish bo‘lsa, shahid bo‘lishiga dalildir. Oq chodir molu ne’matga, qizil chodir o‘yinkulgi bilan mashg‘ul bo‘lishga, ko‘k chodir g‘amu anduh va musibatga, qora chodir esa, arzimas foydaga dalildir. Chodir o‘ziniki ekanini bilsa, unga xos ta’birlar tush egasiga taalluqli bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida chodirdan chiqib ketganini ko‘rsa, sharaf va ulug‘lik topadi. Tushida podshoh uning chodiri oldida o‘tirganini ko‘rsa, ishdari yaxshi bo‘lishini bildiradi va dushman ustidan zafar qazonadi. Tushida podshoh uni o‘z chodiriga chaqirganini va u chodirda podshoh bilan o‘tirganini ko‘rsa, podshohdan xayru manfaat ko‘rishi va shplari yurishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushdagi chodir beshta narsani bildiradi: saltanatni; rayosatni; hokimlikni; ulug‘likni; lashkarboshilikni.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *