Tushda cho’loq yoki oqsoq | Тушда чулок ёки оксок булиш
CHO‘LOQ YOKI OQSOQ BO‘LISH (LANG SHUDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida cho‘loq bo‘lib qolganini ko‘rsa, yaxshi yoki yomon ishlarning payida bo‘lishi, sust va zaif bo‘lib, qudratga ega bo‘lmasligiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushida o‘zini cho‘loq va xor holda ko‘rsa, odamlarning oldida xor va nochor bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida o‘zini cho‘loq bo‘lganini ko‘rsa, din va dunyoda ishi yaxshi bo‘lmasligi va maqsadiga yetolmasligiga dalildir. Tushida o‘zini qasddan cho‘loq qilganini ko‘rsa, o‘z hayotini yaxshilash uchun birovdan yordam so‘rashiga dalildir. Tushida cho‘loq bo‘lib qolganini va hassaga suyanib ketayotganini ko‘rsa, odamlar ishonadigan bir kishidan ko‘mak so‘rashi va murodi hosil bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini qasddan cho‘loq qilganini ko‘rsa, birovga yuzaki ishonishi va e’tiqodi haqiqiy emasligiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ikki oyog‘ining cho‘loq ekanini, ikkita yog‘ochga suyanib, yo‘l yurayotganini ko‘rsa, oilani boshqarishda ojiz va kambag‘al bo‘lishiga dalildir. Tushida oyog‘iga kirib ketgan tikon sababli tik turolmayotgani va yurolmayotganini ko‘rsa, birovning yomonligidan omonda bo‘lishiga dalildir. Tushida har ikki oyog‘ida tikon bo‘lib, shishb ketganini, biroq oqsamayotganini ko‘rsa, dushmanning unga hasad qilishiga, biroq moli va obro‘yi ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, cho‘loq odam tushida tuzalib qolganini va oqsamayotganini ko‘rsa, yurishmay qolgan ishlari yurishib ketishi, noumid bo‘lgan ishi ro‘yobga chiqishi va ishlari bir tartibga tushishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi cho‘loqlik besh narsaga dalildir: ishlardagi sustkashlikka; umidsizlikka; kambag‘allikka; g‘amu anduhga; tirikchilikdagi nuqsonga.