Tushda chorsi, qiyiq | Тушда чорси, кийик
CHORSI, QIYIQ (MANDIL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chorsi xizmatkor xodim bo‘ladi. Unda kuzatilgan har qanday ziyodalik yoki nuqson xodimga taalluqlidir. Tushida yangi chorsini borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, unda xodim paydo bo‘lishiga dalildir. Agar chorsi yashil yoki oq bo‘lsa, xodimi diyonatli bo‘lishiga dalildir. Agar chorsi qizil bo‘lsa, xodimi ishratparast va qaysar bo‘lishiga dalildir. Agar chorsi sariq bo‘lsa, xodimi bemor bo‘lishiga, balki aslida kasalmand bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘k bo‘lsa, xodimi musibatli va g‘amgin bo‘lishiga, katta bo‘lsa, xodimi zohid bo‘lishiga dalildir. Agar chorsisi yungdan yoki paxtadan ekanini ko‘rsa, xodimi omonatkor va dindor bo‘lishiga dalildir. Agar zig‘ir matodan bo‘lsa, yaxshi
bo‘ladi. Agar xom pilla yoki ipakdan bo‘lsa, xodimi bevafo va takabbur bo‘lishini bildiradi. Agar chorsi eski, kir va titilgan bo‘lsa, o‘sha xodimdan yaxshilik kurishiga dalildir. Agar chorsisi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, xodim undan judo bo‘lishini bildiradi. Agar chorsisi yonib ketsa, xodimining o‘lishiga dalildir.