Tushda choyshab | Тушда чойшаб

CHOYSHAB (LIHOF) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi choyshab yoki adyol xotin bo‘ladi. Tushida yangi choyshabi borligini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar yangi choyshab sotib olganini ko‘rsa, er ko‘rmagan kanizak sotib olishiga dalildir. Tushida choyshabi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, xotiniga taloq berishini bildiradi. Agar tushdagi choyshabi yirtilganini va eski ekanini ko‘rsa, xotini urishqoq va quloq solmaydigan bo‘lishini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida yangi choyshabi borligini ko‘rsa, dindor va boy xotin olishiga dalildir. Agar choyshabi oq ekanini ko‘rsa, porso va badavlat xotin bo‘ladi. Qizil bo‘lsa, xotini o‘yin-kulgini yaxshi ko‘radigan bo‘ladi. Sariq bo‘lsa, kasalvand xotinga dalil bo‘ladi. Agar choyshabi alvon rangda bo‘lsa, xotini makkor va aldamchi bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi choyshab, va adyol yangi bo‘lsa uch narsaga dalil bo‘ladi: olima ayolga; yosh yoki balog‘atga yetgan qizga; er ko‘rmagan kanizakka.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *