Tushda chug’urchuq qushi | Тушда чугурчук куши
CHUG‘URCHUQ QUSHI (SOR) Ibn Sirinning aytishicha, chug‘urchuq bu qushning nomi bo‘lib, kimki tushida unga ega bo‘lganini ko‘rsa, ko‘p safar qiluvchi makkor kishini bildiradi. Agar chug‘urchuqni tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, musofir kishi bilan suhbat qurishiga dalildir. Agar chug‘urchuqning go‘shtini yeyayotganini ko‘rsa, yegani miqdoriga qarab, xayru manfaat topishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, tushdagi chug‘urchuq yolg‘on ko‘pgapiruvchi kofir kishiga dalildir. Agar chug‘urchuqlarning yig‘ilganini ko‘rsa, kofirlarning qo‘liga giriftor bo‘lishiga dalildir.