Tushda chumoli | Тушда чумоли

CHUMOLI (MURCHA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chumoli ko‘p odamdir. Tushida bir narsa ustida ko‘p chumolini ko‘rsa, uyiga ko‘plab odamlarning kelishiga dalildir. Agar uyidan ko‘pgina chumolilarning chiqib ketganini ko‘rsa, uy ahli boshqa joyga ko‘chib o‘tishlariga dalildir. Tushida begona bir chumoli uyiga kirganini ko‘rsa, uyiGa o‘g‘ri kirishiga dalildir.
Tushida badanida ko‘plab chumolilarning yig‘ilganini yoki og‘zidan chiqib ketganini ko‘rsa, tezda halok bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chumoli kuchsiz dushmandir. Uyida ko‘pgina chumolilarni ko‘rsa, nasli ko‘p bo‘lishiga dalildir. Tushida chumolilarning uyidan chiqqanini ko‘rsa, nasli kam bo‘lishiga dalildir.
Ismoil apgas (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mayda va qizil chumoli kuchsiz va sust odamlarga dalildir. Qora va katta chumolilar xona axdining boyligiga tushuvchi o‘g‘riga dalildir. Tushida uning uyidan chumolilarning chiqqanini va havoga uchayotganlarini ko‘rsa, qarindoshlari safardan qaytishlariga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chumolilar tush ko‘ruvchining uyidagi odamlaridir. Tushida chumolilarning uning uyidan chiqib ketayotganini ko‘rsa, oila a’zolarining aqvoli parishon bo‘lishiga dalildir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *