Tushda cho’pon | Тушда чупон

CHO‘PON (SHUBON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida mol, qo‘y, ot, eshak va shu kabilarga cho‘ponlik qilganini ko‘rsa, bularning har biri o‘z qadriga muvofiq ta’birga ega. Otlarga cho‘ponlik qilish mansab va ulug‘lik bo‘ladi, eshakka cho‘ponlik Qilish taxtni bildiradi. Molu sigirlarga cho‘ponlik elchilik, ne’mat va farovonlikka dalildir. Qo‘yga cho‘ponlik qilish halol rizq, molu ne’matni bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida cho‘ponlik qilayotganini va bir bo‘ri bir qo‘yning tomog‘ida tishlab olib ketganini ko‘rsa, podshoh o‘sha diyorni xarob qilishiga va xalq ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, qo‘ylarga cho‘ponlik qilayotganini ko‘rsa, shu qo‘ylarning mikdoriga mansab egalariga rahbar bo‘lishiga dalildir. Tushida cho‘ponning biror narsa berganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan unga foyda yetishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi cho‘pon nasihatgo‘y kishi hamda odamlarning molini himoya qilib, har bir kishiga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi odamdir.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *