Tushda daryo | Тушда дарё
DARYO Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushdagi, daryo podshoh yoki ulug‘ olim bo‘ladi. Daryo suvi ravshan, toza va xushta’m bo‘lsa, porso, odil va sofdil podshoh bo‘ladi. Daryo suvi noxush va bemaza bo‘lsa, zolim va yomon podshoh bo‘ladi. Daryo suvidan ichsa, podshohdan izzat va ulug‘lik topadi yoki biror olimdan bahramand bo‘ladi. Daryo suvidan olib, ko‘zaga quyayotganini ko‘rsa, o‘sha mikdorda podshohdan manfaat topadi. Daryoga tushib ketsa va badani loyga belansa, podshohdan unga g‘amu anduh yetadi. Badanini loydan yuvib tozalasa, g‘amu anduh undan zoyil bo‘ladi.
Daryo suvida suzayotganini ko‘rsa, podshoh uni hibsga oladi. Daryodan suzib daryodan chiqqanini ko‘rsa, hibsdan ozod bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Daryoda cho‘kib o‘lganini ko‘rsa, din ishlariga g‘arq bo‘lishiga dalildir. Uzokdan daryoni ko‘rsa, biroq oldiga bormasa, ko‘zlagan maqsadiga yetishiga dalil bo‘ladi. Daryo ustida yurib ketayotganini, biroq oyog‘i ho‘l bo‘lmayotganini ko‘rsa, Do‘zax o‘tidan omon bo‘lishiga va dunyo ishlari uning uchun oson bo‘lishiga dalolat qiladi. Daryoning o‘rtasiga borganini ko‘rsa, ishlarida xatar borligiga dalildir. Daryodan chiqqanini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga belgidir. Daryodan suv ichganini, suv esa sovuq ekanini ko‘rsa, tush ko‘ruvchining o‘zi olim bo‘lsa, hayotdan to‘la bahramand bo‘ladi, agar ko‘ruvchi olim bo‘lmasa, aksincha bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Ayting (ey Muhammad): Bordiyu dengiz (suvi) Rabbimning so‘zlari (ilmu hikmatlarini bitish) uchun siyoh bo‘lsa va yana shuncha siyoh keltirsak ham, Rabbimning so‘zlari bitishidan ilgari u dengizlar tugab bitar (Kahf surasi, 109-oyat).
Agar tush ko‘ruvchi podshoh odamlaridan bo‘lsa, podshohning ishonchli kishisiga aylanadi. Daryo suvi bilan yuvinsa, podshohdan omon bo‘lishiga dalildir. Daryo suvidan ichsa suv issiq bo‘lsa, gunoh qilishiga dalolat qiladi. Alloh ta’olo aytadi: Uni yutmoqchi bo‘ladi-yu, (tomog‘idan) o‘tkaza olmas, unga har tomondan o‘lim keladi-yu, u o‘la olmas. Uning ortida (bundan ham) og‘ir azob bordir (Ibrohim surasi, 17-oyat).
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Agar kishi daryoda ketayotganini ko‘rsa, toatda tavfiq topadi, omonatdan qutiladi. Daryodan o‘tganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir.
Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi daryo olti narsaga belgi bo‘ladi: podshohga; hokimga; raisga; molga; olim va ulug‘ ishga.
Пример HTML-страницы